Bugun Oʻzbekistonning ayrim joylarida yomgʻirli ob-havo kutilyapti

00:21 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
562 0

“Oʻzgidromet” xizmati 28-oktabr, payshanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–9 daraja, kunduzi esa 10–12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi esa 10–15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 8–13 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 8–13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi esa 10–15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi esa 15–20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kuchli yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekund tezlikkacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?