Oʻzbekistonda 26-yanvar kuni havo harorati 5 darajagacha iliq boʻladi

21:37 25 Yanvar 2023 Jamiyat
539 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 26-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10° sovuq, kunduzi 1-3° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, baʼzi joylarda 15-17° sovuqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, baʼzi joylarda 5° sovuqqacha boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?