Oʻzbekistonda 26-sentyabr kuni havo harorati 37 darajaga koʻtariladi

07:36 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
494 0

Foto: Халқ сўзи

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 26-sentyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°,kunduzi 32-34° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlish mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpogʻistonda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlish mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi,
ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-34° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?