Oʻzbekistonda 24-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

00:42 24 Iyun 2022 Jamiyat
786 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 24-iyun, juma kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 35-37° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 37-42° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?