Oʻzbekistonda 23-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

00:59 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
574 0

“Oʻzgidromet” xizmati 23-oktabr, shanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja, kunduzi 12–14 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?