Oʻzbekistonda 23-iyul kuni havo bir oz bulutli boʻladi

13:37 22 Iyul 2021 Jamiyat
392 0

“Oʻzgidromet” 23-iyul, juma kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—24 daraja iliq, kunduzi 38—40 dajara issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 38—43 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 37—42 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 37—42 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 38—43 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14—19 daraja iliq, kunduzi 26—31 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?