Oʻzbekistonda 22-iyul kuni havo harorati 47 darajaga koʻtariladi, ayrim hududlarda chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin

20:53 21 Iyul 2022 Jamiyat
524 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 22-iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27°, kunduzi 41-43° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47°gacha boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?