Oʻzbekistonda 21-iyun kuni havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi

23:52 20 Iyun 2022 Jamiyat
424 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 21-iyun, seshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 27-29° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер