Oʻzbekistonda 21-iyul kuni harorat 47 darajagacha koʻtariladi

23:10 20 Iyul 2022 Jamiyat
613 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 21-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26o, kunduzi 41-43o boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 47° gacha boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-32°, kunduzi 40-45°,  baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29°, kunduzi 40-45°, baʼzi joylarda 47° gacha boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 38-43° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?