Oʻzbekistonda 2024-yil davomida qancha “Oltmishvoy” va “Yetmishvoy”lar tugʻilgan?

12:46 13 Yanvar 2025 Jamiyat
239 0

Adliya vazirligi 2024-yil davomida mamlakatimiz hududidagi tugʻilish hamda nikoh holatlari boʻyicha yakuniy hisobotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, yil davomida respublika boʻyicha 271 ming 759 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ularning 228 ming 937 tasi 30 yoshgacha boʻlgan juftliklar oʻrtasida tuzilgan. Bu boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Samarqand viloyatida qayd etildi. Oilalarning oʻrtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil qilmoqda.

Hisobotda keltirilishicha, yil davomida 50 yoshdan keyin 2903 nafar, 60 yoshdan keyin 558 nafar, 70 yoshdan keyin 47 nafar erkak farzandli boʻlgan.

50 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolar oʻrtasida tuzilgan nikohlar soni 1352 ta boʻlib, eng koʻp Toshkent shahrida qayd etilgan.

4 ming 454 nafar fuqaro 20 yoshgacha farzandli boʻlgan. Ayollarda esa bu koʻrsatkich 108 053 nafarni tashkil etyapti.

Shuningdek, Respublikamiz hududida tugʻilgan egizaklarning umumiy soni 22 ming 313 nafarni tashkil qilgan.

Eng koʻp egizak tugʻilish holatlari boʻyicha 2 ming 698 nafar bilan Fargʻona viloyati yetakchilik qilmoqda. Eng kam egizak tugʻilish holati Sirdaryo viloyatiga toʻgʻri keladi. Viloyatda yil davomida 504 nafar egizak dunyoga kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер