Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 23,3 trln soʻmlik toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi

22:38 13 Avgust 2021 Jamiyat
222 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylari davomida respublikamizda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida jami faoliyat yuritayotgan 5 338 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 23,3 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Tarmoqning 2020-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 123,4 % ni tashkil etdi.

Yirik korxonalar maʼlumotlari boʻyicha:

- Kalava ip ishlab chiqarish – 36,3 foiz;

- Gilam va boshqa toʻqimachilik pol qoplamalari – 56,5 foiz;

- Narsa joylanadigan qoplar va paketlar ishlab chiqarish – 18,0 foizga oshgan.

Toʻqimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Fargʻona viloyati 14,2 % (810 ta faoliyat yuritayotgan toʻqimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 10,2 % (449 ta), Qashqadaryo viloyati 9,5 % (240 ta) hamda Samarqand viloyati 9,2 % (376 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?