Oʻzbekistonda 2021-yilda avtomobil raqamlari qariyb 300 milliard soʻmga sotib olingan

18:34 14 Yanvar 2022 Jamiyat
290 0

2021-yilda Oʻzbekistonda avtomobil raqamlari qariyb 300 milliard soʻmga sotib olingan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yilda onlayn-auksion orqali 298,8 milliard soʻmlik 139,4 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan.

Qayd etilishicha, 2021-yilda raqamlar sotuvi miqdoriy jihatdan 40 foizga, jami 21 foizga oshgan.

Bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,1 million soʻmni tashkil etdi. Shu bilan birga, sotilgan avtomobil raqamlarining 91 foizi jismoniy shaxslar tomonidan, 9 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.

Sotilgan raqamning minimal qiymati 450,5 ming soʻmni, eng qimmat raqami esa 441,5 million soʻmni tashkil qildi. Shuningdek, tugallangan tranzaksiyalarning 37 foizi premium toifadagi avtomobil raqamlariga toʻgʻri keladi.

Hududlar boʻyicha eng koʻp avtomobil raqamlari quyidagi viloyatlarda xarid qilingan:

Toshkent shahri va Toshkent viloyati — 48 foiz;

Samarqand va Fargʻona — har biriga 8 foizdan;

Namangan va Andijon — har biriga 6 foizdan;

Buxoro — 5 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?