Oʻzbekistonda 2020-yil davomida suyultirilgan gaz narxi 57 foiz qimmatlashdi

02:44 11 Yanvar 2021 Jamiyat
646 0

2020-yil davomida birja savdolari tovar aylanmasi oldingi yilga nisbatan 24,5 foiz oʻsishni tashkil etdi. Bu haqda “UZEX xabarlari” maʼlum qildi.

Xususan, birja savdo platformasi tovar aylanmasi 46,7 trln soʻmni tashkil qildi. Oʻz navbatida 11 ta yangi turdagi tovarlar 2020-yilning yanvar oyidan boshlab faqatgina birja savdolarida sotilishi ushbu koʻrsatkichga bevosita taʼsir oʻtkazgan. 

Ushbu davr mobaynidagi savdolarda boshlangʻich narxning oʻsishi oʻrtacha 7 foizni tashkil qildi. Lekin ayrim tovarlarda narx oʻsish dinamikasi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Xususan, suyultirilgan gaz 57%, sement 36%, koʻmir 16% va neft eritgich (nefras) 15%.

Mazkur tovarlar narxi oʻsishining asosiy sababi tovarlarning boshlangʻich narxi bozor narxlariga nisbatan past ekanligi (savdoda shakllangan narx import tovarga moʻljallab olinadi) hamda qurilish mavsumi boshlanganligida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?