Oʻzbekistonda 2 million nafarga yaqin aholi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

10:36 03 Sentyabr 2021 Jamiyat
365 0

2-sentyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 142 479 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 35 314 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 89 665 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 17 500 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 14 772 332 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 9 603 290 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 3 806 199 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 1 362 843 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 988 158 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

Toshkent viloyati (20 290 doza),

Andijon viloyati (19 286 doza),

Buxoro viloyati (16 374 doza) band qildi.

Jami emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlar:

Fargʻona viloyatida 1 677 088 doza,

Namangan viloyatida 1 669 373 doza,

Andijon viloyatida 1 551 197 doza,

Samarqand viloyatida 1 482 092 doza,

Qashqadaryo viloyatida 1 152 142 doza,

Surxondaryo viloyatida 1 146 037 doza,

Toshkent viloyatida 1 116 705 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?