Oʻzbekistonda 19-iyul kuni havo biroz bulutli boʻladi, harorat 45 darajagacha koʻtariladi

07:58 19 Iyul 2022 Jamiyat
600 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” 19-iyul kuni respublika boʻylab kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24–26 daraja, kunduzi 39–41 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 40–45 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 40–45 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23–28 daraja, kunduzi 38–43 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 40–45 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 37–42 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 29–34 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?