Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi

15:42 07 Avgust 2022 Iqtisodiyot
1513 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilda 50 ming gektar uzumzorlar barpo etish rejalashtirilgan. Buning uchun 61,2 mln dona tok koʻchatlari ekilishi koʻzda tutilgan.

2022-yilda 1,8 mln tonna (oʻtgan yilga nisbatan +122 ming tn/107,2%) uzum ishlab chiqarish kutilmoqda.

Uzumning mahalliy noyob navlari: «Pushti toyfi», “Oʻzbekiston muskati”, “Kattaqoʻrgʻon”, “Parkent”, «Rizamat», “Nimrang”, “Husayni kelin barmoq”.

Tokni yerda soʻrisiz oʻstirish usuli Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida qoʻllaniladi.

Tokni ishkom (voish)da oʻstirish esa Toshkent vohasi va Fargʻona vodiysida koʻp uchraydi.

Uzum yetishtirishda Samarqand, Fargʻona, Namangan, Andijon, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?