Oʻzbekistonda 18-iyul kuni Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayib, harorat 45 darajagacha koʻtariladi

23:29 17 Iyul 2022 Jamiyat
774 0

Foto: Arxiv surat

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 18-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 39-41 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?