Oʻzbekistonda 14 yoshli bola koronavirusdan vafot etgani aytildi

15:30 13 Iyul 2020 Jamiyat
1427 0

Shtab aʼzosi Habibulla Oqilov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida koronavirusdan vafot etganlar orasida 14 yoshli fuqaro borligini aytib oʻtdi. Lekin Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday maʼlumot bermagan edi. Nega koronavirusdan vafot etganlar soni aniq aytilmasdan, kamaytirilib koʻrsatilyapti? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʼi Nurmat Otabekov javob berdi.

“Koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili, Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Habibulla Oqilov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bizda vafot etganlarning 13 foizini 40 yoshgacha boʻlgan insonlar tashkil etishi haqida gapirdilar. Afsuski, vafot etganlar orasida 14 yoshli bola (20 yoshgacha boʻlganlar — 3 foiz) ham bor deb oʻtdilar”, deydi Otabekov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?