Oʻzbekistonda 12-14 yoshli qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash boshlandi

09:25 01 Dekabr 2021 Jamiyat
595 0

Oʻzbekistonda 12-14 yoshli qizlar papilloma virusiga qarshi emlanadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, har yili Oʻzbekistonda oʻrtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi tufayli bachadon boʻyni saratoni bilan kasallanadi. Ushbu kasallikka qarshi eng samarali chora emlashdir. Qizlarni muntazam emlash, ayniqsa oʻsmirlik davrida, kasallik holatlarining oldini olishga yordam beradi.

Ushbu emlashlar ayollarning sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlaydi. Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yosh va undan katta yoshdagi qizlarni emlash kiritilgan. Oʻzbekiston ham 2019-yildan buyon ushbu davlatlar qatoriga qoʻshildi, – deydi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligi boshqarmasi boshligʻi Dilorom Tursunova.

Emlash uchun 1 million 400 ming doza OPV vaksina va shpritslari ehtiyojga mos ravishda joylarga yetkazildi. Sanitariya-epidemiologiya farovonligi va sogʻliqni saqlash xizmati maʼlumotlariga koʻra, dunyoning 102 mamlakatida 270 million dozadan ortiq bunday vaksinalar qoʻllanilgan. Ayni paytda Niderlandiyaning Merck kompaniyasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaksinasi mamlakatimizga olib kelingan va yaroqliligi tekshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?