Oʻzbekistonda 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormagan

15:29 29 Iyul 2022 Siyosat
490 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Uchrashuvda buning uchun quyidagi 4 ta masalani hal etish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

Birinchidan, internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur.

Hududlarning optik tolali tezkor mobil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormaganligi taʼkidlandi.

Ikkinchidan, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak.

Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard soʻm grantlar ajratilgan.

Yoki, kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan boʻlsa, kafil yoʻqligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish rad etilgan.

Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?