Oʻzbekistonda 1-maydan toʻrtta yangi qoʻmita tashkil etiladi

02:41 10 Aprel 2022 Jamiyat
1289 0

Foto: Daryo

Maʼlum qilinishicha, 1-mayidan boshlab kuzatuv kengashi aʼzolaridan iborat bir qator qoʻmitalar — Strategiya va investitsiyalar qoʻmitasi, Audit qoʻmitasi, Tayinlovlar va haq toʻlash qoʻmitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qoʻmitasi tashkil etiladi.

Bu haqda prezidentning “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi farmonida aytilgan.

Shuningdek, farmonga muvofiq davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, masʼuliyati va javobgarligini oshirish maqsadida 2022-yil 1-apreldan keyin ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari boʻlishi mumkin emasligi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?