Oʻzbekiston juda katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda

13:07 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
360 0

Foto: Халқ сўзи

Bir guruh xalqaro kuzatuvchilar missiyasi 9-Surxondaryo saylov okrugi va saylov uchastkalarida boʻlib, jarayonlarni bevosita kuzatib bormoqda. Germaniyalik xalqaro kuzatuvchi Xubert Telike oʻz taassurotlarini quyidagicha bayon etdi:

- Surxondaryo viloyatidagi bir necha saylov uchastkasida boʻldim. Xalqaro umumeʼtirof etilgan normalar hamda milliy qonunchilik talablari asosida saylovga puxta hozirlik koʻrilganiga guvoh boʻldim. Saylov uchastkalarida har bir saylovchi emin-erkin oʻz xohish-irodasini ifoda etib, munosib deb bilgan nomzodga ovoz beryapti. Eʼtiborimni tortgan jihat shu boʻldiki, uchastka saylov komissiyalarida turli millat vakillarini uchratish mumkin. Ayniqsa, komissiya aʼzoligiga ayollar faol jalb etilgani tahsinga munosib.

Oʻzbekiston juda katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda. Muhimi, islohotlar eng chekka hududlar hayotini ham qamrab olayotir. Termiz Oʻzbekistonning janubdagi darvozasi oʻlaroq mamlakatni qoʻshni Afgʻoniston bilan oʻzaro bogʻlab turibdi. Men Termiz shahri Xayraton bojxona posti hamda ikki davlat chegara hududida tashkil etilgan Kargo markazini borib koʻrdim. Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazi faoliyati hayratimni oshirdi. Qoʻshni afgʻon xalqi farzandlariga ilmu marifat ulashish, malali mutaxassislar tayyorlashga doir mazkur loyiha dunyoda muqobili yoʻqligi bilan hammaning eʼtibor markazidadir.

Oʻzbekiston xalqining saylov jarayonidagi faolligi yurtingiz odamlarining nafaqat bugun, balki ertangi taraqqiyot uchun ham masʼuliyatini aks ettirayotir. Zero, saylov bu demokratiyaning eng maqbul va ishonchli omilidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?