Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev Xorazmda oʻtkazilgan festivalda voha yoshlarini tashabbuskorlikka undadi

Yurtimizda 3-iyundan “Yangi Oʻzbekiston — yoshlar mamlakati!» shiori ostida “Yoshlar oyligi” boshlandi.
Yoshlar oyligi doirasida qator loyihalar, intellektual tanlovlar, uchrashuvlar, sport musobaqalari hamda gala konsertlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida tashkil qilingan madaniy dastur Xorazm viloyatida ushbu yoʻnalishda oʻtkaziladigan tadbirlarning debochasi boʻldi.
Unda viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtaldilar va bir guruh faol yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Poytaxtdan kelgan oʻzbek estrada sanʼatining yorqin yulduzlari ishtirokidagi katta konsert dasturi yoshlarga bir olam quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi.
— Yurtimizda anʼana tusini olgan Yoshlar oyligi doirasidagi rang-barang tadbirlar minglab yigit-qizlar hayotida oʻziga xos yorqin iz qoldirmoqda,—deydi Urganch tumanidagi Turkmanlar mahallasining yoshlar yetakchisi Radxa Xudoyberganova. — Festival doirasida oʻtkazilayotgan loyihalarda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari, ishsiz va profilaktik hisobga olingan yoshlarni qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring