Oʻzbekiston yanvarda qariyb 15 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mis trubalar eksport qilgan

14:09 14 Mart 2023 Iqtisodiyot
615 0

Foto: Arxiv surat

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida 7 ta xorijiy davlatga qiymati qariyb 15 mln AQSH dollariga teng boʻlgan mis trubalar eksport qilgan.

Mis trubalar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda ming tonnadan oshgan.

Oʻzbekiston yanvarda mis trubalarini eksport qilgan davlatlar:

— Turkiya – 998 tonna;

— Rossiya – 602 tonna;

— Belarus R. – 28 tonna;

— Ozarbayjon – 20 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?