Oʻzbekiston yanvar-iyul oylarida 11 ta davlatga 34,3 mingta konditsioner eksport qildi

14:08 31 Avgust 2021 Iqtisodiyot
289 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 34,3 mingta konditsioner eksport qilgan.

Konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSH dollariga oshgan.

Oʻzbekiston 2021-yilning 7 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:

Ozarbayjon – 19,2 mingta;

Tojikiston – 6,4 mingta;

Rossiya – 3,4 mingta;

Turkmaniston – 1,8 mingta;

Qirgʻiz R. – 1,5 mingta;

Qozogʻiston – 1,3 mingta;

Moldova – 487 ta;

Turkiya – 100 ta;

Yaman – 99 ta;

Afgʻoniston – 65 ta;

Armaniston – 6 ta;

2021-yilning dastlabki 7 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:

Toshkent shahri – 6,6 mln;

Toshkent viloyati – 819,8 ming;

Andijon viloyati – 1,2 ming AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?