O‘zbekiston yangi avlod Airbus samolyotlarini xarid qiladi

13:31 27 Iyun 2018 Iqtisodiyot
1390 0
Foto: Википедия

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yil dekabr oyida Airbus A320 Neo rusumidagi ikkita samolyotni qabul qilib oladi.

Mazkur rusumli laynerlar 150 o‘rinli(12 ta biznes-klass va 138 ta ekonom-klass) bo‘lib, yangi dvigateli sharofati bilan o‘zidan oldingi avlodlariga nisbatan 20 foiz tejamkordir. Fyuzelyaj konstruksiyasiga zamonaviy ishlov berilgan. Uning uchish masofasi 4,5 ming kilometrdan 6 ming kilometrgacha uzaytirilgan va bu butun Markaziy Yevropa mintaqasini qamrab olish imkonini beradi.

2019 yilning ikkinchi yarmida yana ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner ham xarid qilinadi. 2020 yilga kelib mazkur turdagi oltinchi samolyot sotib olinishi bilan O‘zbekiston MDH mamlakatlarida bu borada yetakchiga aylanib oladi.

Eslatib o‘tamiz, MAKning yangi laynerlariga hordiq chiqarish va o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida individual ekranli, aloqa va Wi-Fi tizimiga ulangan qulay va keng o‘rindiqlar o‘rnatiladi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda milliy aviakompaniyamiz Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, A320 kabi ilg‘or yo‘lovchi samolyotlari, hamda Boeing-767-300BCF yuk tashuvchi havo transporti vositalari bilan ta’minlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?