Oʻzbekiston World Justice Projectning Qonun ustuvorligi indeksida 14 pogʻonaga yuqorilab, 85-oʻrinni egalladi

21:38 08 Iyun 2022 Dunyo
307 0

Foto: Illustrativ foto

2021-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston World Justice Projectning Qonun ustuvorligi indeksida 14 pogʻonaga yuqorilab, 85-oʻrinni egalladi.

Indeksga koʻra, Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi umumiy reytingi 4,1 foizga oshgan. Respublikada kuzatilayotgan ijobiy tendensiyalar qatorida hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat organlari faoliyatining ochiqligi qayd etilgan.

Qayd etish joizki, Oʻzbekiston 2021-yilda koʻrsatkichlarni yaxshilash boʻyicha yetakchi boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?