Oʻzbekiston vakili Shveysariyada oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan “bronza” darajasidagi ushbu turnirda Anvar Anvarov 8,22 metr natija qayd etdi. Ushbu natija bilan u 1985-yildan beri oʻzgarmay kelayotgan oʻzbekistonlik atletlarning rekordini yangiladi.
Turnirning uzunlikka sakrash dasturida Kuba vakili Alexandro Parada 8,10 metrga sakrab ikkinchi oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin esa Gangkong sportchisi Min Changga nasib etdi. U 7,82 metr masofani zabt etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring