Oʻzbekiston vakili BAAning “Global hukumat yetakchilari dasturi”da qatnashdi

15:10 13 Fevral 2024 Jamiyat
163 0

Markaziy Osiyo, Kavkaz, Afrika va Lotin Amerikaci mintaqasidan 30 ta davlat vakillari Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Global hukumat yetakchilari dasturi”da ishtirok etishdi.

Joriy yilning 11-fevral kuni ushbu dasturning yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi. BAA tomoni taklifiga muvofiq tadbirda ishtirokchi davlatlarning ushbu mamlakatdagi elchilari qatnashdi.

Oʻzbekiston Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlar orasida oʻtkazilgan saralash imtihonlaridan oʻtgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev ushbu dasturda ishtirok etdi.

Dastur tinglovchilari dastlab 7 ta modulni onlayn formatda oʻrganishdi. 2023-yil noyabr oyida bevosita BAAda tashkil etilgan 1-bosqich oʻquvlarida qatnashdilar. Oflayn oʻquvlari davomida BAA Hukumatining 9 nafar vakillarining maʼruzalari tinglandi oʻrganildi.

Yakuniy dastur doirasida ishtirokchilar “Media bilan ishlash” kursida tahsil olishdi, shuningdek, yakuniy loyiha ishini himoya qilishdi. Dastur qatnashchilari, shuningdek, 12-14-fevral kunlari Xalqaro Hukumat sammitida ishtirok etib, loyiha doirasida tajriba almashadilar.

“Global hukumat yetakchilari dasturi” ishtirokchilari, shuningdek, guruhlarga ajratilgan holda maʼlum bir mamlakat misolida loyiha ustida ish olib borishi koʻzda tutilgan.

Kurs tinglovchilaridan tashkil topgan guruhlarning biri “Iqtisodiy oʻsish va muvozanatni taʼminlash maqsadida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida yechimlarni belgilash” mavzusidagi loyiha ishi Oʻzbekiston misolida amalga oshirildi. Mazkur guruh tarkibidan Oʻzbekiston, BAA, Gruziya, Qirgʻiziston, Senegal va Ruanda vakillari joy oldi.

Loyiha doirasida kichik yoshdagi bolalar uchun animatsion mini-videoroliklar orqali dastlabki koʻnikmalarni shakllantirish, taʼlim dasturlari orqali moliyaviy savodxonlik bilimlarini oshirish, maxsus mobil ilova orqali yoshlarda moliyaviy savodxonlik koʻnikmalarini shakllantirish singari asosiy mavzularda bir qator dolzarb takliflar ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер