Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasida jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi

Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, tashrif doirasida Oʻzbekiston Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Vetnam Bosh prokurori Le Min Chi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki davlat nazorat organlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildi.
Uchrashuv yakuni boʻyicha ikki davlat vakolatli organlarining jinoyat protsessi doirasida huquqiy hamkorlikni amalga oshirish imkonini beradigan Oʻzbekiston va Vetnam oʻrtasida jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring