Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlarda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas — FVV

Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 6-fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir boʻlgan zilzilalar aholi oʻrtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Bu, oʻz navbatida, mamlakatimiz hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholiga xolis va ishonchli maʼlumotlar taqdim etishni taqozo qiladi.
Qayd etish kerakki, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan boʻlib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir boʻlmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish boʻyicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta boʻyicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir boʻlish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi.
Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi.
Olingan kuzatuv maʼlumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023-yil 3-fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 boʻlgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emasligi maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring