Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

18:24 25 Oktyabr 2021 Siyosat
449 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida erishgan gʻalabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakatimiz aholisi Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrsatganini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekiston yetakchisi, oʻz navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayotgan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdoni yanada koʻpaytirish, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim taʼlim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?