Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari bir-birini Ramazon hayiti bilan samimiy qutladilar

22:33 09 Aprel 2024 Siyosat
1118 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 9-aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

Davlat rahbarlari qardosh Oʻzbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ham koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik jadal tus olgani, faol siyosiy muloqot olib borilayotgani, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aloqalar surʼati oshib borayotgani, samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalarining kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi, shu jumladan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер