Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari keng koʻlamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhim ekanini qayd etdilar
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ashxobod shahrida oʻtayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Tojikiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqdilar. Keng koʻlamli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.
Sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm va boshqa ustuvor sohalarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yetakchilar Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring