Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

17:52 20 Sentyabr 2022 Siyosat
416 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat yetakchilari yaqinda Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasida roʻy bergan fojiali voqealar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar. Davlatimiz rahbari insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish boʻyicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?