Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida futbol sohasidagi hamkorlik rivojlanadi

Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda Tojikiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dilshod Joʻrazoda boshchiligidagi delegatsiyalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston va Tojikistonda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol hakamlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning oʻzaro tajriba almashishini taʼminlash boʻyicha har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, futbol boʻyicha milliy hamda turli yosh toifalaridagi terma jamoalar oʻrtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish kelajakda oʻzbek-tojik xalqlari oʻrtasida nafaqat futbol borasida, balki oʻzaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga ham katta hissa qoʻshishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.
Suhbat davomida TFF vitse-prezidenti Dilshod Joʻrazoda OʻFA qoshida tashkil etilgan Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyatini yuqori baholadi va unga qiziqish bildirdi.
Oʻz navbatida, Ravshan Ermatov Tojikiston futbol federatsiyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼqul qilib, mehmonlarga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorlik izhor qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring