Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari hamkorlikning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar

15:33 16 Sentyabr 2021 Siyosat
548 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini amalga oshirish maqsadida faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Tojikistonning SHHTdagi sermahsul raisligi davrida erishilgan natijalarni yuksak baholadi va boʻlajak sammit tadbirlari muvaffaqiyatli oʻtkazilishini tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?