Oʻzbekiston va Serbiya davlatlari oʻrtasidagi maslahatlashuvda iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi

12:20 15 Dekabr 2022 Siyosat
310 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 14-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida videokonferensiya shaklida iqtisodiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston tomonidan tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov ishtirok etdi. Serbiya tomoniga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Yagoda Lazarevich boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va kengaytirish, uning barcha imkoniyatlaridan foydalangan holda qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar chogʻida Oʻzbekiston-Serbiya hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini, jumladan, savdo-iqtisodiy sohada tegishli va amaliy ahamiyatga ega hujjatlar orqali kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish maqsadida tomonlar 2023-yilda Belgradda “Made inUzbekistan” nomiostida Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazmasini oʻtkazish, Serbiya savdo missiyasining yirik toʻqimachilik va oziq-ovqat koʻrgazmalarida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, Oʻzbekiston-Serbiya savdo uyini taʼsisetish masalalarini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?