Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Bugun, 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Joriy yilning dekabr oyida videoanjuman shaklida oʻtkazilishi rejalashtirilgan davlatimiz raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror surʼat bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, oʻzaro tashriflar faol amalga oshirilmoqda, Hukumatlararo qoʻshma komissiya va boshqa hamkorlik mexanizmlari unumli ishlayapti, oʻzaro savdo hajmlari ortib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha ustuvor loyihalar hamda gumanitar almashinuv dasturlari davom ettirilmoqda.
Prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Suhbat har doimgidek samimiy, doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring