Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar

16:37 13 Yanvar 2022 Siyosat
443 0

Foto: president.uz

13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbatda davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Oliy darajada oʻtgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Turli darajalardagi delegatsiyalarning oʻzaro tashriflari faollashgan. 2021-yil yakunlariga koʻra tovar ayirboshlash hajmi 33 foizga oshgan.

Hududlararo yoʻnalishda, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar faol rivojlanmoqda.

Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan turkum tadbirlar oʻtkazish muhim ekanini qayd etdilar.

Yaqinda Qozogʻistonda roʻy bergan voqealar nuqtayi nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Qozogʻiston rahbariyati tomonidan ushbu mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash, vaziyatni barqarorlashtirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlandi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?