Oʻzbekiston va Rossiya olimlari hamkorligida Qurama tizmasidan fan uchun yangi tur kashf qilindi

11:02 30 Yanvar 2023 Jamiyat
550 0

Foto: Illustrativ foto

2018-yilda Qurama tizmasiga uyushtirilgan dala tadqiqotlarida terilgan gerbariy namunasi ustida olib borilgan morfologik hamda molekulyar tahlillar natijasi orqali fan uchun yangi tur ekanligi xulosa qilindi. Bu ilmiy yangilik haqidagi maqola nufuzli Phytotaxa jurnalida chop qilindi.

Bu yangi tur Joʻyakmeva (Aulacospermum) turkumi Ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub boʻlib, morfologik xususiyatiga koʻra, yaʼni poyasi turkumning qolgan turlariga nisbatan koʻp shoxlanganligi uchun Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev deb nomlandi.

A. multicaule turiga eng yaqin tur A. roseum Korovin boʻlib, koʻp (11 tagacha) shoxlangan poyalari, ildiz boʻgʻzida oʻtgan yildan qolgan qora rangli barg bandlarining boʻlishi hamda gultojbarglarining rangi bilan farqlanadi.

 

 

Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev turining morfologik tuzilishi.

A. gullari B. Soyaboni C. poya asosi 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?