Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

16:16 14 Sentyabr 2021 Siyosat
293 0

14-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?