Oʻzbekiston va Qozogʻiston Senatlari oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyaning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi

2021-yil 3-iyun kuni Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayevning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyaning birinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari – Komissiyaning Oʻzbekiston tomonidan hamraisi S. Safoyev va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisining oʻrinbosari – Komissiyaning Qozogʻiston tomonidan hamraisi A. Shakirov ishtirok etdi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da rivojlantirish hamda chuqurlashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da kengaytirish hamda mustahkamlash masalalarida hududlar, shu jumladan chegaraoldi viloyatlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlarning roliga urgʻu berdilar.
Delegatsiyalarning oʻzaro tashriflarini amalga oshirish orqali parlamentlararo muloqotni faollashtirish, ikki mamlakat viloyatlari va tumanlari deputatlarining toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarini faollashtirish uchun Hududlar forumini oʻtkazish, gender tenglik sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, Parlamentlararo ittifoq, YEXHT PA, MDH PA kabi parlamentlararo tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Bundan tashqari, majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti huzuridagi Parlamentarizm instituti oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyaning ikkinchi qoʻshma majlisini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring