Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Qozogʻistonning koʻp millatli xalqini davlat bayrami – Birinchi Prezident kuni bilan samimiy qutlab, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Amaliy hamkorlikka oid qoʻshma loyiha va dasturlarni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezidentlar xalqaro kun tartibini, jumladan, shu oyda Oʻzbekiston Respublikasi raisligida boʻlib oʻtadigan MDH sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini ham muhokama qildilar. Hamdoʻstlik va boshqa mintaqaviy hamda global tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.
Suhbat soʻngida qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonning ham intilishi qatʼiy ekani tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring