Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar

16:55 20 Yanvar 2022 Siyosat
628 0

Foto: President.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-yanvar kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi siyosiy munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani, tovar ayirboshlash ortayotgani va kooperatsiya aloqalari kuchayib borayotgani, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan savdo va logistika, mashinasozlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, kimyo va farmatsevtika, toʻqimachilik va oziq-ovqat sohalari va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidenti tomonidan mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek, ochiq, amaliy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер