Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi

08:03 04 Iyun 2021 Siyosat
449 0

Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev rahbarligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida samarali muzokaralar oʻtkazildi.

Har ikkala davlatning parlament aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi hamkorlik muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgani qayd etildi.

“Oʻzbekiston bizning ishonchli hamkorimiz boʻlmish Qozogʻiston uchun ochiq va yaqin doʻst sifatidagi mamlakat boʻlib qolaveradi. Biz oʻzaro manfaatdorligimizni hisobga olgan holda foydali munosabatlar oʻrnatishga, ishonchli va ochiq muloqotni mustahkamlashga bundan buyon ham tayyormiz”, — taʼkidladi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?