Oʻzbekiston va Qozogʻiston AKT sohasida hamkorlik qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyaning Nur-Sulton shahriga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qozogʻiston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida tomonlar hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama qilishdi. Uning natijalari boʻyicha ikki vazirlik oʻrtasida kelgusida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Protokol imzolandi. Mazkur hujjat qator dolzarb va muhim yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro munosabatlarni kuchaytirishi nazarda tutadi.
Xususan, AKT sohasida oʻzaro tajriba va ilgʻor amaliyot bilan almashish, milliy aloqani taʼminlash maqsadida keng polosali optik tolali tarmoqlarni, 5G aloqani kengaytirish, standartlash va mazkur texnologiyalarni rivojlantirish, electron hukumatni rivojlantirish, shu bilan birga, electron davlat xizmatlarni joriy etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, startaplarni rivojlantirish va AKT yoʻnalishlari uchun kadrlarni tayyorlash sohalarida oʻzaro tajriba bilan almashish, AKT sohasida eksport salohiyatini oshirishda oʻzaro tajriba bilan almashish, raqamli rivojlanish va raqamli tayyorgarlik boʻyicha darajalarni baholash (indikatorlarni) usullarni ishlab chiqish kabi oʻnlab yoʻnalishlarda ham oʻzaro hamkorlik qiladi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring