Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyat barqarorlashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar

12:46 01 May 2021 Siyosat
321 0

1-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbatda kuni kecha oʻtgan muloqotlar davomi sifatida ikki davlat rahbarlari Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.

Oʻz vaqtida koʻrilgan va oʻzaro muvofiqlashgan saʼy-harakatlar tufayli davlat chegarasi qismidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgani va uning keskinlashishiga yoʻl qoʻyilmagani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha masalalarni birodar mamlakatlar va xalqlar oʻrtasida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqot orqali birgalikda hal qilish borasida qatʼiy ekanliklarini yana bir bor taʼkidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?