O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

19:38 26 Yanvar 2024 Siyosat
308 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  26 yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, avtomobilsozlik, elektrotexnika va to‘qimachilik tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan qo‘shma Taraqqiyot fondi doirasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasidagi infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar, bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?