Oʻzbekiston va Qirgʻiziston parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

14:24 11 Fevral 2021 Siyosat
675 0

Kecha mamlakatimiz parlamenti palatalari aʼzolarining Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Parlamentlararo oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlikning bogʻlovchi boʻgʻini hisoblanishi taʼkidlandi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat parlamentlari faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy mexanizmlarni qoʻllash, xususan ularni aliment toʻlash majburiyatlarini bajarish, aliment undirish va boshqa masalalar bilan bogʻliq sudda ishlarni koʻrib chiqish jarayonida qoʻllash yuzasidan fikr almashdi.

Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Huquqiy tartibot, jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Natalya Nikitenko Oʻzbekistonda siyosat, qonunchilikni takomillashtirish, sud sohasida olib borilayotgan islohotlarni qayd etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuhrat Choʻlliyev mamlakatimizda sud ishlarini yuritish, huquqni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilar gender tenglikni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va boshqa masalalarni koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?